AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR RENESSANSIGA BAG‘ISHLANGAN XALQARO SIMPOZIUM O‘TKAZILMOQDA
07.10.2026Turkiyaning Anqara shahrida Amir Temur va Temuriylar Renessansiga bag‘ishlangan Xalqaro simpozium o‘tkazilmoqda.
Unda universitet rahbariyati va professor-o’qituvchilari ishtirok etmoqda. Simpoziumning ochilish marosimida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Nasirova Saodat Abdullayevna kirish so’zi bilan ishtirok etdi.


Simpozium Turkiya Fanlar akademiyasi (TÜBA), Anqara Yildirim Boyazid universiteti, O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Temuriylar tarixi davlat muzeyi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Simpozium 2026-yil 6–7-oktyabr kunlari bo’lib o’tadi.




