ANGRENDA O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI FILIALI FAOLIYATI YO‘LGA QO‘YILDI

04.09.2025

2025-yil 3-sentabr kuni Angren shahrida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi Angren xorijiy tillar fakulteti o‘z faoliyatini boshladi.

Tadbirda Angren shahar hokimining o‘rinbosari Salim Anarboev, fakultet dekani Ixtiyor Bozorboev so‘zga chiqib, birinchi kurs talabalarini samimiy tabrikladilar.

Shuningdek, yangi filialda talabalarga sifatli ta’lim olishlari, xorijiy tillarni chuqur egallashlari uchun barcha sharoitlar yaratilayotgani alohida ta’kidlandi.

Angren xorijiy tillar fakultetining ochilishi — universitetimiz faoliyatini yanada kengaytirish va hududlarda xorijiy tillarni o‘qitish samaradorligini oshirish yo‘lidagi muhim qadamdir.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

3 + eighteen =