AVSTRALIYADA “O‘ZBEKISTON KUNLARI” TADBIRI BO‘LIB  O‘TDI

10.04.2025

Avstraliyaning Sidney shahrida “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari va ko‘plab vatandoshlarimiz ishtirokida “O‘zbekiston kunlari” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekona ruhda o‘tgan bayram haqiqiy birdamlik va mehr manzili sifatida olisdagi vatandoshlarimiz quvonchiga sabab bo‘ldi.

Yurtdoshlarimizning vatanga bo‘lgan sog‘inchlarini biroz bo‘lsa-da yengillashtirgan bu tadbir ularning birligini, birdamligini yanada mustahkamladi.

O‘zbekona urf-odatlar, yoqimli kuylarimiz sadosi ostida milliy taomlar tortilgan bir dasturxon atrofidagi birdamlik, milliy qadriyatlarimizning naqadar go‘zal ekanini namoyon etdi.