BELARUSDA XALQARO HAMKORLIK: ILM-FAN VA INNOVATSIYALAR YO‘LIDA YANGI QADAM
30.07.2026O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi strategik sheriklik doirasida ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik izchil rivojlanmoqda.


Shu maqsadda Buxoro davlat texnika universiteti delegatsiyasi Belarus Respublikasida xizmat safarida bo‘lib, universitet rektori Sadoqat Siddiqova boshchiligidagi delegatsiya Belarus davlat informatika va radiotexnika universiteti (BGUIR) hamda Belarus Milliy texnika universitetiga (BMTU) tashrif buyurdi.
Mazkur tashrif ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ilmiy-tadqiqot, akademik almashinuv va innovatsion loyihalarni rivojlantirishga xizmat qiladigan yangi imkoniyatlarni yaratishi kutilmoqda.



