Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2026-yil 9-sinf bitiruvchilari 570 ta texnikumning birida kunduzgi yoki dual ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qish uchun my.edu.uz elektron platformasi orqali 1-iyuldan 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Platformaga:
– tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma(o‘quvchining 3×4 hajmidagi fotosurati bilan) yoki ID-karta ma’lumotlari;
– Maktabning 9-sinfini tamomlaganlik to‘g‘risidagi elektron shahodatnoma ma’lumotlari kiritiladi.
9-sinf bitiruvchilari uchun 570 ta texnikumga hujjat topshirish imkoniyati mavjud:
▪️166 ta kasb-hunar yo‘nalishi;
▪️Umumiy qabul kvotasi — 202 657 ta.
Ma’lumot uchun, qabul parametrlarida 9-sinf bitiruvchilari uchun kvotalar to‘liq davlat granti asosida shakllantirilgan.
Shuningdek, 14 ta Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida 27 ta kasb va mutaxassislik bo‘yicha qabul amalga oshiriladi:
▪️Umumiy kvota — 1 760 ta
▪️Shundan 1 640 tasi davlat granti.
