BUYUK BRITANIYADA XALQARO MALAKA OSHIRISH DASTURI BO’LIB O’TMOQDA

18.08.2026

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining professor-o‘qituvchilari Buyuk Britaniyaning Norvich Til Ta’limi Institutida tashkil etilgan xalqaro malaka oshirish dasturida faol ishtirok etmoqdalar.

Dastur doirasida ishtirokchilar xalqaro ekspertlar tomonidan olib borilayotgan zamonaviy ta’lim metodlari, ilg‘or pedagogik yondashuvlar hamda ta’lim muassasalarini samarali boshqarish masalalariga bag‘ishlangan amaliy mashg‘ulotlarda qatnashmoqdalar.

Shuningdek, malaka oshirish jarayonida O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, ta’lim sohasidagi yangilanishlar hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida zamonaviy va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.