“CHEGARASIZ G‘OYALAR” SHIORI OSTIDA INNOWEEK-2025 XALQARO HAFTALIGI BO’LIB OTADI

19.09.2025

Mamlakatimizning ilm-fan va innovatsion faoliyat sohasidagi natijalarini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishni istaysizmi?

Unda sizni 9–11-oktyabr kunlari CAEx ko‘rgazmalar zalida “Chegarasiz g‘oyalar” shiori ostida bo‘lib o‘tadigan InnoWeek-2025 – innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligida kutib qolamiz.

InnoWeek – mahalliy va xalqaro kompaniyalar, davlat idoralari vakillari, investorlar, olimlar, startaperlar hamda ekspertlarni bir nuqtada birlashtiruvchi platforma.

InnoWeek-2025 — ko‘rgazmalar, tanlovlar, forumlar, master-klasslar, startap pitchinglar, xakatonlar – barchasi shu yerda!

Batafsil ma’lumot: https://innoweek.uz