“CHEGARASIZ G‘OYALAR” SHIORI OSTIDAGI INNOVATSION HAFTALIK SIZNI KUTMOQDA!

02.08.2025

Mamlakatimizning ilm-fan va innovatsion faoliyat sohasidagi natijalarini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishni istaysizmi?

Unda sizni 9-11-oktabr kunlari CAEx ko‘rgazmalar zalida “Chegarasiz g‘oyalar” shiori ostida bo‘lib o‘tadigan InnoWeek-2025 – innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligida kutib qolamiz.

InnoWeek – mahalliy va xalqaro kompaniyalar, davlat idoralari vakillari, investorlar, olimlar, startaperlar hamda ekspertlarni bir nuqtada birlashtiruvchi platforma.

🟢InnoWeek-2025 — ko‘rgazmalar, tanlovlar, forumlar, master-klasslar, startap pitchinglar, xakatonlar – barchasi shu yerda!

InnoWeek-2025
9-11-oktabr | CAEx

Batafsil: www.innoweek.uz