“CHINA DATANG” HAMKORLIGIDA YASHIL ENERGIYA TEXNOLOGIYALARI VA DUAL TA’LIM MARKAZI OCHILDI
11.11.2025Toshkent viloyati Bo‘ka fotoelektr stansiyasida Toshkent davlat texnika universiteti va “China Datang” korporatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan Yashil energiya texnologiyalari va dual ta’lim markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Markaz faoliyati “tarmoq – korxona – oliygoh” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yilib, talabalarga ishlab chiqarish jarayonida amaliy bilim va tajriba orttirish imkonini yaratadi.
Tadbir doirasida o‘tkazilgan ikki tomonlama uchrashuvda tomonlar ilmiy loyihalar va kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirishda hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldilar.





No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.