DIQQAT! GERMANIYADA ILMIY STAJIROVKA O’TASH IMKONIYATI BERILMOQDA!

12.08.2026

Yosh olimlar uchun Germaniyada ilmiy stajirovka imkoniyati berilmoqda!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan Germaniyaning Freiburg konchilik va texnologiyalar universitetida qisqa muddatli ilmiy stajirovka uchun maqsadli tanlov e’lon qilindi.

Stajirovka yo‘nalishlari:

🔵Konchilik muhandisligi
🔵Konchilikda atrof-muhitga ta’sirni boshqarish
🔵Geodeziya
🔵Geometallurgiya
🔵Konchilik iqtisodiyoti

Dastur tili: Ingliz tili
Davomiyligi: 2 oy
Ishtirokchilar soni: 10 nafar

Tanlov g‘oliblari 2026–2027-yillar davomida Germaniyada ilmiy stajirovka o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Hujjatlar30-avgustga qadar (shu kuni ham soat 23:59 gacha) internship.ilmiy.uz orqali topshiriladi.

Tanlov havolasi.