DIQQAT! TALABALAR UCHUN SHARTNOMA PULINI TOʻLASH MUDDATI UZAYTIRILDI

30.03.2019

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2019 yil 25 martdagi 16-son bayoni bilan respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriati va magistraturasida toʻlov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga 2018/2019 oʻquv yili uchun shartnoma toʻlovlarining ikkinchi yarmini toʻlash muddati joriy yilning 15 apreliga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.

Manba: Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining rasmiy kanali