Koreya Respublikasining Dongyang Universiteti vakillari Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida tomonlar ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish va ilmiy loyihalarda hamkorlik qilish bo‘yicha muzokaralar olib borishdi.
Uchrashuv Koreys tili markazida bo‘lib o‘tdi va mazmunli muzokaralar natijasida quyidagi kelishuvlarga erishildi:
- Talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun o‘zaro almashinuv dasturlari tashkil qilish;
- Har ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida Memorandum imzolash va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish.
Ushbu uchrashuv ikki davlat ta’lim tizimlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.


