ENG YAXSHI MATERIAL TANLOVIGA ARIZALAR QABULI BOSHLANDI!

01.05.2026

“Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanloviga arizalar qabuli boshlandi!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi sizni “Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanlovida ishtirok etishga chorlaydi!

Tanlovda davlat oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan 35 yoshgacha boʻlgan yosh olimlar, ilmiy izlanuvchilari va talabalar qatnashishlari mumkin.

G‘oliblar quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin – BHMning 25 baravari miqdorida;
2-o‘rin – BHMning 20 baravari miqdorida;
3-o‘rin – BHMning 15 baravari miqdorida.

Arizalar joriy yilning 10-mayga qadar (shu kuni ham) soat 09:00 dan – 18:00 gacha qabul qilinadi.

Tanlov nizomi.

Ariza namunasini yuklab olish.

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
tanlovga taqdim etilayotgan material va ularning qachon va qaysi ilmiy-ommabop gazeta va jurnalda e’lon qilinganligi haqidagi ma’lumot; ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda chop etilgan materialning elektron (pdf) shakli.

Hujjatlarni yuborish @Maruf3001.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +99899 750 27 01.