ERASMUS+ DOIRASIDA NUKUS DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI XALQARO GRANTLARNI QO’LGA KIRITDI
24.07.2025Nukus davlat texnika universiteti Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida ikkita yirik xalqaro grant loyihasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.


1-loyiha: DIANA
Ayollarni qo‘llab-quvvatlash orqali qishloq turizmini rivojlantirish
DIANA loyihasi Qozog‘iston va O‘zbekistonda qishloq ayollarining imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Loyiha doirasida ayollarning raqamli savodxonligi oshiriladi, ularni yashil iqtisodiyot asosida tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish orqali qishloq turizmi yo‘lga qo‘yiladi va rivojlantiriladi.
2-loyiha: MECAS
Orolbo‘yi mintaqasida eko-informatika bo‘yicha magistrlik dasturlarini ishlab chiqish
MECAS loyihasi O‘zbekiston va Qozog‘iston oliy ta’lim muassasalarining salohiyatini oshirishga qaratilgan bo‘lib, Orolbo‘yi ekologik inqiroziga javoban zamonaviy eko-informatika yo‘nalishida magistrlik dasturlarini ishlab chiqishni maqsad qiladi.

Grant loyihalari amalga oshirilishi orqali universitetda yangi fanlar, malaka oshirish dasturlari, xorijiy treninglar va xalqaro hamkorlik imkoniyatlari kengayadi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.