ERASMUS+ DOIRASIDA XALQARO HAMKORLIK RIVOJLANMOQDA

05.05.2026

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti vakillari Erasmus+ KA171 Xalqro Almashinuv dasturi doirasida Ispaniyaning Uelva universitetiga tashrif buyurdi.

Dastur doirasidagi ilk kunda ishtirokchilar tanishtiruv uchrashuvlarida qatnashib, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, turli mamlakatlardan kelgan mutaxassislar bilan kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va akademik hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.