ERON DELEGATSIYASI BILAN HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI

12.10.2026

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Eron Axborot fanlari va texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti (IranDoc) prezidenti, professor Mohammad Hassanzadeh boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ikki muassasa o‘rtasida ilmiy va akademik hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish hamda istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tilshunoslik, filologiya, tarjima va ta’lim sohalarida ilmiy aloqalarni kengaytirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda hamkorlik memorandumini imzolash imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.