2019 yil 26 fevral kuni «Oʻzbekistonda xorijiy tillar» FLEDU.UZ ilmiy-metodik elektron jurnali va Internet portali turli nominatsiyalar boʻyicha eng yaxshi mualliflarni taqdirladi.

Quyida gʻoliblar bilan tanishishingiz mumkin:
- Xorijiy tildagi eng yaxshi maqola – Xasan Shaymanovich Abdinazarov (Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti oʻqituvchisi);
- Eng yaxshi yosh tadqiqotchi maqolasi – Parvina Omonova (OʻzDJTU magistranti), Viktoriya Dvoryashina (OʻzDJTU oʻqituvchisi);
- Xorijiy tillarni oʻqitish metodikasi boʻyicha eng yaxshi maqola – Laylo Ahmedova (OʻzDJTU oʻqituvchisi);
- Til nazariyasi boʻyicha eng yaxshi maqola – Elissa Kirillova Malyutina (), Olga Kukatova (OʻzMU);
- Adabiyot va madaniyat yoʻnalishida eng yaxshi maqola – Dilnavoz Yusupova (Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti oʻqituvchisi), Zarif Quvonov (Navoiy davlat pedagogika instituti);
- Eng faol muallif – Fotima Moʻminova (Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti oʻqituvchisi);
- Jurnalistika yoʻnalishidagi eng yaxshi maqola – Yoqutxon Muhamadjanovna Mamatova (OʻzMU oʻqituvchisi), Iroda Fuzailovna Ismailova (OʻzDJTU oʻqituvchisi)
- “Terra incognita” ruknidagi eng qiziqarli maqola – Nasiba Adhamovna Haydarova (Andijon davlat universiteti oʻqituvchisi);
- Xorijlik muallifning eng yaxshi maqolasi – Azamat Akbarov (Janubiy Koreya);
- Oʻzbek tilidagi eng yaxshi tarjima – Nargis Sunnatovna Qosimova;
- “Tahririyatimiz mehmonlari” ruknidagi eng yaxshi maqola – Galina Melnik (Sankt-Peterburg), Nazira Toshpoʻlatova (OʻzDJTU oʻqituvchisi);
- Jurnal faoliyatida faol xizmatlari uchun – Doʻsmamat Sattorovich Qulmamatov.


Gʻoliblar sertifikat va vaucher (elektron jurnalda bir martalik bepul ilmiy maqola chiqarish uchun) bilan taqdirlandi.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.