FLEX DASTURIGA ARIZALAR QABUL QILISH BOSHLANDI

16.01.2020

FLEX (Future Leaders Exchange — Kelajak Liderlari Almashinuvi) dasturi to‘liq AQSh hukumati tomonidan moliyalashtiriladi. Dasturning tashkiliy masalalari esa AQSh Hukumat departamentining Ta’lim va madaniy aloqalar byurosi tomonidan amalga oshiriladi. Tanlov g‘oliblariga Amerikada bir yil bepul o‘qish uchun stipendiya va volontyorlik asosida tanlangan mezbon oilada yashash imkoniyati beriladi.

Mazkur loyihadan ko‘zlangan maqsad amerikaliklar va boshqa millat vakillari o‘rtasida do‘stona aloqalarni o‘rnatishdir.

Dasturda kimlar ishtirok eta oladi?

  • O‘zbekiston fuqarolari;
  • 15-fevral 2002-yil – 31-mart 2004-yil oralig‘ida tug‘ilganlar;
    11-sinf maktab va litseyning 2-bosqich o‘quvchilari;
  • Ingliz tilida yaxshi so‘zlasha oladigan o‘quvchilar;
  • Yaxshi va a’lo baholarga o‘qiyotgan o‘quvchilar;
  • So‘nggi 5 yil ichida 90 kundan ko‘proq vaqt AQShda yashamagan yoshlar.

Arizani qanday to‘ldirish mumkin?

Ushbu havola orqali siz onlayn arizani to‘ldirishingiz mumkin:
http://bit.ly/36RLgdT
Arizalar 2020-yil, 6-fevralga qadar qabul qilinadi!
Quyidagi manzilda arizani qanday to‘ldirish kerakligi tushuntirilgan:
http://bit.ly/2QVhPSt

Flex dasturi haqida batafsil ma’lumot bilan quyidagi broshyura orqali tanishishingiz mumkin: