FRANSUZ TILI MUTAXASSISLARI PUATYE UNIVERSITETIDA MALAKA OSHIRDILAR
28.02.2025O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining Roman-german filologiyasi fakultetining professor-o’qituchilari Fransiyaning Puatye universitetida tashkil etilgan seminar-treningda ishtirok etdi.

Ishtirokchilar Erasmus+ loyihasi doirasidagi treningda qatnashish bilan barobarida, o’z taqdimot va ma’ruzalari bilan chiqish qilib, mazkur universitetdagi ta’lim jarayonlarini ham kuzatdilar hamda dars uchun yangi metodlar o’rganib qaytdilar.




