GERMANIYANING ILMIY TADQIQOTLARNI MOLIYALASHTIRISH TASHKILOTI BILAN HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
05.03.2026Germaniyaning Deutsche Forschungsgemeinschaft (DFG) ilmiy moliyalashtirish tashkiloti delegatsiyasi hamda Toshkent davlat texnika universiteti vakillari ikki tomonlama ilmiy hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan uchrashuv oʻtkazdi.

Muloqotda ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, agroekotizimlar, suv va tuproq resurslari, qayta tiklanuvchi energetika hamda barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, DFG grant dasturlarida ishtirok etish, qo‘shma ilmiy loyihalarni ishlab chiqish hamda akademik almashinuvni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.


