«GLOBAL EXCELLENCE CONCLAVE AWARDS 2026» XALQARO TAQDIRLASH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI

06.10.2026

Toshkent shahrida Global Excellence Conclave Awards 2026 xalqaro taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 2-fakulteti Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi professor-o‘qituvchilari Shakirova Madina Baxriddinovna va Ismoilova Roziya xalqaro GEC Awards 2026 mukofoti bilan taqdirlandi.

Mazkur e’tirof professor-o‘qituvchilarning ta’lim sohasidagi samarali faoliyati, ingliz tilini o‘qitish metodikasini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi hamda ilmiy-pedagogik izlanishlarining munosib bahosi bo‘ldi.