GLOBAL STARTUP ECOSYSTEM AWARDS 2026 ILK BOR O‘ZBEKISTONDA O‘TKAZILADI

10.08.2026

23-sentabr kuni ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida IT Park Uzbekistan va StartupBlink hamkorligida Global Startup Ecosystem Awards taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda StartupBlink Global Startup Ecosystem Index natijalari asosida yuqori o‘sish, yetakchilik va innovatsion salohiyat namoyish etgan shaharlar, mamlakatlar hamda hududlar taqdirlanadi.

Dastur davomida:
– dunyoning yetakchi startup ekotizimlarini taqdirlash marosimi;
– xalqaro ekspertlar va ekotizim vakillari ishtirokidagi panel muhokamasi;
– davlat tashkilotlari, investorlar va startup hamjamiyatlari bilan networking;
– mamlakatlar o‘rtasida yangi hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari o‘rin oladi.

Ushbu tadbir O‘zbekistonni global startup ekotizimlari uchrashadigan va ularning yutuqlari e’tirof etiladigan xalqaro maydonga aylantiradi.

Sana: 23-sentabr, 2026 yil.

Ro’yxatdan o’tish

Global startup ekotizimining yetakchi vakillari bilan uchrashish va xalqaro hamkorliklar boshlash imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!