GRETSIYA ELCHISI JAHON TILLARI UNIVERSITETIGA TASHRIF BUYURDI
10.10.2025Gretsiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Paraskevi Tzeveleki xonim O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi.


Uchrashuvda Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, Ingliz tili amaliy fanlar-3 fakulteti dekani I. Xaydarov, Ikkinchi chet tillar kafedrasi mudiri E. Muydinova va grek tili o‘qituvchisi S. Musayeva ishtirok etdilar.
Muloqot davomida O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, universitetning xalqaro hamkorlikdagi faoliyati, grek tili ta’limining yo‘lga qo‘yilishi hamda istiqboldagi rejalar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, O‘zDJTU faoliyati haqidagi videorolik namoyish etildi.
Paraskevi Tzeveleki xonim O‘zbekistonda ta’limni rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholadi hamda universitetda grek tiliga berilayotgan e’tiborni mamnuniyat bilan qayd etdi. Elchi xonim Gretsiya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish, Erasmus+ kabi xalqaro dasturlar orqali talabalar va o‘qituvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratish, shuningdek Grek tili markazini tashkil etish masalasida amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini bildirdi.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.