ILM-FAN VA TAʼLIMDA FAOL AYOLLAR 8-MART ARAFASIDA TAQDIRLANDI

06.03.2026

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan oliy taʼlim muassasalarida samarali faoliyat olib borayotgan Xotin-qizlar maslahat kengashi raislari, psixologlar, olima ayollar, shuningdek “Ilmda mening orzularim” tanlovining nominatsiya gʻoliblari va mutloq gʻoliblari munosib taqdirlandi.

Tadbir davomida faol va tashabbuskor xotin-qizlarga Vazirning Faxriy yorligʻi hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.

Shuningdek, “Ilmda mening orzularim” tanlovi gʻoliblari amaldagi Nizomga muvofiq pul mukofotlari bilan ham taqdirlandilar. Jumladan:

1-oʻrin gʻolibi — 5 million soʻm
2-oʻrin gʻolibi — 4 million soʻm
3-oʻrin gʻolibi — 3 million soʻm

Mazkur tanlov xotin-qizlarning ilm-fanga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish, ularning intellektual salohiyatini qoʻllab-quvvatlash, iqtidorli yoshlarni kashf etish va ragʻbatlantirishga xizmat qilmoqda.