INDONEZIYA UNIVERSITETI BILAN YANGI HAMKORLIK YO‘NALISHLARI BELGILANDI

28.10.2025

O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz tili 1-fakulteti dekani G. Ergasheva Indoneziya universitetining Loyihalar va hamkorliklar bo‘limi direktori, UI GreenMetric xalqaro reyting bo‘limi vitse-prezidenti Dr. Junaidi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, ta’lim, fan va madaniyat sohalarida ilg‘or tajribalarni almashish, shuningdek, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari boʻyicha fikr almashildi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Indoneziya tadqiqotlari markazi”ni tashkil etish, shuningdek, O‘zDJTU professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilarining maqolalarini Scopus bazasida indekslangan Wacana ilmiy jurnalida chop etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar o‘rtasida tajriba almashish dasturlarini yo‘lga qo‘yish, malakali indoneziyalik professorlar ishtirokida onlayn darslar va ma’ruzalar tashkil etish takliflari ilgari surildi.

Bundan tashqari, UzWAVE gender tadqiqotlari markazi bilan qo‘shma loyihalar amalga oshirish, Indoneziya universiteti tashabbusi bilan musiqiy asboblarni chalish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini yo‘lga qo‘yish hamda GreenMetrics xalqaro reytingi bo‘yicha metodologik maslahatlar berish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

1 × 4 =