ISLANDIYADA O’ZBEKISTON MADANIY MEROSI TAQDIMOTI O’TKAZILDI

08.05.2025

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti hamda “Farhod” madaniyat saroyi delegatsiyasining O‘zbekiston madaniy merosini dunyo bo‘ylab keng targ‘ib qilishga qaratilgan xorijiy safari davom etmoqda.

YUNESKO Bosh konferensiyasining joriy yilda Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan 43-sessiyasi doirasida tashkil etilgan loyihaning navbatdagi konsert dasturi Islandiya poytaxti Reykyavik shahrida tashkil etildi.

“Samarqand – Ipak yo‘lining yuragi” mavzusidagi bayram kechasida islandiyalik mehmonlar, O‘zbekistonning Angliyadagi elchixonasi mas’ullari va diplomatik korpus vakillari qatnashdi.

Tadbirga tashrif buyurganlar o‘zbek hunarmandchiligi mahsulotlari, milliy musiqa va raqs san’ati, yurtimizning turizm salohiyati bilan yaqindan tanishdi. Boy madaniy merosimizni targ‘ib etishga qaratilgan mazkur loyiha davom etmoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

twelve + 6 =