ISPANIYANING MURSIYA UNIVERSITETI PROFESSORI O’ZDJTU TALABALARIGA MA’RUZA O’QIDI
31.10.2023Joriy yilning 30-oktabr kuni Ispaniyaning Mursiya universitetining “Turizm va xalqaro aloqalar” fakulteti professori Rosa Marcela Ramos O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining Roman-german filologiyasi fakultetiga tashrif buyurdi.

Tashrifdan asosiy maqsad – ikki universitet hamda fakultet o’rtasidagi o’quv, ilmiy-amaliy, shuningdek, xalqaro aloqalarni boshlash, shartnoma tuzish va kelajakda hamkorlik qilishni ko’zda tutadi. Xususan, ispaniyalik professor Rosa Marsela Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X.Xakimov, dekan muovini A.Xalillayev, Ispan tili nazariy fanlar kafedra mudiri I.Turamuratova va kafedra xalqaro ishlariga mas’ul D.Xaydarovalar bilan uchrashdi.
Uchrashuvdan so’ng professor Rosa Marsela 3-kurs talabalari bilan “La importancia del español en las relaciones” (Ispan tilining dunyodagi o’rni) va “La nueva diplomacia” (Yangi diplomatik aloqalar) mavzusida ma’ruza qildi. Talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.



No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.