“ITALIYA – MARKAZIY OSIYO (C5) + OZARBAYJON” BIZNES-FORUMI O‘Z ISHINI BOSHLADI
24.03.2026Ayni paytda poytaxtimizdagi “InterContinental Tashkent” mehmonxonasida “Italiya – Markaziy Osiyo (C5) + Ozarbayjon” biznes-forumi o‘z ishini boshladi.
Nufuzli xalqaro tadbir agrar sohada hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or tajriba va innovatsion yechimlarni muhokama qilish uchun muhim platformaga aylandi.





Mazkur forumda 80 ta Italiya kompaniyasi, 100 dan ortiq O‘zbekiston kompaniyalari hamda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Ozarbayjondan 50 dan ortiq agrobiznes kompaniyalari ishtirok etmoqda.
Ta’kidlanganidek, mazkur forum nafaqat tajriba almashish, balki aniq loyihalar, investitsiyalar va uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.
