ITALIYANING PIZA UNIVERSITETI TADQIQOTCHISI O’ZBEKISTONDA MALAKA OSHIRMOQDA

29.10.2025

Italiyaning Piza Universiteti tadqiqotchisi, manbashunos mutaxassis Matteo Sheketti Erasmus+ ICM (Xalqaro kredit mobilligi) doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Markaziy Osiyo xalqlari tarixi kafedrasida malaka oshirib kelmoqda.

Malaka oshirish jarayoni mobaynida tadqiqotchi kafedraning ilmiy salohiyati, professor-o‘qituvchilar tarkibi, o‘quv va ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan tanishtirildi.

Shuningdek, universitet kutubxonasining manbalar fondi, xususan, Markaziy Osiyo tarixi va madaniyatiga doir qadimiy manbalar bilan ishlash imkoniyati yaratildi.