“KELAJAK O‘YINLARI” – O‘ZBEKISTON YOSHLARI UCHUN YANGI IMKONIYATLAR MAYDONI

30.07.2026

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida “Kelajak oʻyinlari” uchinchi xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.

Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Kelajak o‘yinlari” nafaqat xalqaro sport musobaqasi, balki sport, texnologiya va innovatsiyalarni birlashtiruvchi global platformadir.

O‘zbekiston Prezidentining ushbu nufuzli tadbirda ishtiroki mamlakatimizning raqamli sportni rivojlantirish, yoshlarni zamonaviy texnologiyalar va sog‘lom turmush tarziga jalb etish borasidagi qat’iy pozitsiyasini namoyon etadi.

Shuningdek, musobaqa xalqaro hamkorlikni kengaytirish, o‘zbekistonlik sportchilarning yangi yo‘nalishlarda tajriba orttirishi hamda mamlakatimizning xalqaro nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.