KEMBRIJ XALQARO TASHKILOTI EKSPERTI QORAQALPOG‘ISTONDA
31.01.2025Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Kembrij xalqaro tashkiloti eksperti Stiv King va ommaviy axborot vositalari ishtirokida media tur tashkil etildi.


Dastlab ishtirokchilar Nukus shahrida yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan tashkil etilgan «Kardar academy school» nomli nodavlat xususiy maktabga tashrif buyurib, u yerda o‘quvchilar uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, Stiv King xizmat safari davomida Nukus shahridagi 46-sonli ayrim fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflari bo‘lgan umumta’lim maktabida bo‘ldi.
Mazkur maktabdagi o‘quvchilar bilan Stiv King ingliz tilida suhbatlashdi. Suhbat davomida o‘quvchilar orasidan eng yaxshi ingliz tilida so‘zlashuvchi 2 nafar o‘quvchiga planshet sovg‘a qildi.


So‘ngra Nukus shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurdi. U yerda yaratilgan qulayliklar va o‘qituvchilarning dars o‘tish uslublari bilan tanishib, o‘z takliflarini bildirdi.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.