KOREYA XALQARO TARAQQIYOT HAMKORLIK MARKAZI (KIDC) VAKILLARI BILAN UCHRASHUV O’TKAZILDI

24.01.2025

Koreya xalqaro taraqqiyot hamkorlik markazi (KIDC) bosh menejeri Noh Yunmi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida KIDC vakillari avvalgi hamkorlik natijalaridan mamnun ekanliklarini bildirishdi.

Oldingi guruh qisqa muddatda o‘zbek tilini muvaffaqiyatli o‘zlashtirib, o‘zbek madaniyati haqida chuqur bilimga ega bo‘lgan edi. Bu esa KIDC va ToshDO‘TAU o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.