LITSEYI O‘QUVCHILARI XALQARO YOZGI MAKTAB DASTURIDA ISHTIROK ETMOQDALAR
19.08.2026Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Akademik litseyi o‘qituvchi va o‘quvchilari Xitoyda tashkil etilayotgan xalqaro yozgi maktab dasturida ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi.
Dasturda ishtirokchilar xalqaro ta’lim tajribasi bilan tanishish, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash, xorijiy madaniyatni yaqindan o‘rganish hamda turli mamlakatlardan kelgan tengdoshlari va hamkasblari bilan tajriba almashish imkoniga ega bo‘ladi.



