Londonda joylashgan King‘s College universitetida «Markaziy Osiyo Yoshlari Birinchi Sammiti» o‘tkazildi.
Tadbirda 250 dan ortiq ishtirokchi, 5 ta elchixona delegatsiyasi, shuningdek, yosh liderlar va tajribali mutaxassislar ishtirok etdi.


Sammitning maqsadi – Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, yoshlarga o‘zaro tajriba almashish, mintaqa kelajagi haqida ilmiy va madaniy munozaralar o‘tkazish hamda ta’lim, siyosat, sport sohalarida o‘zaro fikr almashish bo‘ldi.
Tadbirda, «El-yurt umidi» jamg‘armasi ijrochi direktori, Professor Adxam Bekmurodov ta’lim sohasida Markaziy Osiyo davlatlarining hamkorligini mustahkamlash bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib, panel muhokamasida ishtirok etdi. “Ta’limning Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashdagi roli” mavzusida qatnashgan Professor Adxam Bekmurodov, o‘z nutqida «Ta’lim – nafaqat bilim berish, balki mintaqadagi do‘stlik va hamkorlikni kuchaytirishda eng muhim vositadir», deb ta’kidladi.
Shuningdek, sammit davomida Markaziy Osiyo elchilari bilan ochiq muloqot bo‘ldi. Ishtirokchilar o‘z savollarini berishdi va mintaqadagi siyosiy holat haqida fikr almashishdi. Bu, yoshlarga nafaqat yangi bilimlar, balki mintaqaviy muammolarni yechishda amaliy ko‘nikmalarni ham o‘zlashtirish imkoniyatini yaratdi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.