“MAKTABGACHA VA BOSHLANG‘ICH TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARGA INGLIZ TILINI O‘QITISHDAGI MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” MAVZUSIDA XALQARO VEBINAR BO‘LIB O‘TDI
30.01.2025Qo’qon davlat pedagogika institutida «Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim yoshidagi bolalarga ingliz tilini oʻqitishdagi muammolar va ularning yechimlari» mavzusida xalqaro vebinar boʻlib oʻtdi.

Filippin Respublikasi Mindanao davlat universiteti bitiruvchisi, filologiya fanlari doktori (PhD) Chervin B. Makaranos ishtirokida o‘tkazilgan vebinarda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tilini oson va samarali o‘rgatishning yo‘llari xususida so‘z bordi.
Vebinar davomida maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilariga ingliz tilini o‘rgatishni yanada takomillashtirish, didaktik o‘yinlar vositasida, ilg‘or pedagogik texnologiyalar orqali sohada samaradorlikni oshirish masalalaridan tashqari, olib borilgan nazariy va eksperimental tadqiqot natijalari muhokama qilindi.


No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.