Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov boshchiligidagi delegatsiya 20–24-yanvar kunlari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahriga xizmat safari bilan tashrif buyurdi.
Safar davomida delegatsiya aʼzolari bir qator muhim uchrashuvlar oʻtkazib, Oʻzbekistonning innovatsion rivojlanishi va xalqaro hamkorligini yanada mustahkamlashga qaratilgan bir qator tashabbuslarni muhokama qildilar.

Jumladan, delegatsiya Malayziyaning innovatsion texnologiyalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi yirik tashkiloti boʻlgan “MRANTI” (Malaysian Research Accelerator for Technology and Innovation) agentligiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida agentlik faoliyati bilan tanishib, Oʻzbekistonning «Inno» innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparkida agentlik ofisini ochish, bu orqali texnologiyalar transferini amalga oshirish va seminar-treninglar tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Malayziya texnologiyalari koʻrgazmasini tashkil etish hamda ikki mamlakat oʻrtasidagi ilmiy va texnologik aloqalarni mustahkamlash imkoniyatlari muhokama qilindi.


Shuningdek, Malayziyaning Universiti Teknologi MARA (UiTM) universiteti boʻlib oʻtgan uchrashuvda Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari va MARA universiteti oʻrtasida yaqindan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish masalasi muhokama qilindi.
Shuningdek, tashrif davomida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Universiti Teknologi MARA (UiTM) universiteti oʻrtasida 2025-2026 oʻquv yili davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish maqsadida Yoʻl xarita imzolashga kelishib olindi.


No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.