MARKAZIY OSIYO KOREYASHUNOSLARI BISHKEKDA YIG‘ILDI
02.07.2025Qirg‘iziston Respublikasi Bishkek shahrida Koreya Instituti tomonidan Markaziy Osiyo Koreyashunoslari uyushmasi tashabbusi bilan 13-Markaziy Osiyo Koreys tili o‘qituvchilari anjumani tashkil etildi.

Anjumanning bu galgi mavzusi “Korean Studies on the New Silk Road in the IT Area” bo‘lib, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va IT sohasidagi yutuqlar koreys tili ta’limiga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani muhokama qilindi. Anjumanda Markaziy Osiyo davlatlaridan 150 dan ortiq professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar hamda yosh olimlar ishtirok etishdi.


Mazkur xalqaro konferensiyada O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti Koreys filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi Elbek Sobirov ham qatnashdi.
Dastur davomida OʻzDJTU vakili “From Hangul to Hybrid Classroom: Reimagining Korean Language Education through ICT Collaboration” mavzusida ma’ruza qildi va xalqaro ishtiroki uchun maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.


Anjumanning muloqotga asoslangan sessiyalarida yosh tadqiqotchilar, o‘qituvchilar va magistrantlar o‘zaro fikr almashib, koreys tilini zamonaviy uslublarda o‘qitish bo‘yicha yangi yondashuvlarni muhokama qildilar. O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibidagi yosh olimlar ham mazkur sessiyalarda faol ishtirok etdi.



Mazkur tadbir Markaziy Osiyoda koreyashunoslik sohasida xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishda muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.