MARKAZIY OSIYO XALQARO TA’LIM FORUMI O‘TKAZILADI
19.10.2026“Markaziy Osiyo — ta’lim, fan va innovatsiyalarning yangi makoni” mavzusidagi xalqaro forumda mintaqa davlatlari o‘rtasidagi ta’lim va ilmiy hamkorlikning yangi istiqbollari muhokama qilinadi.

Forumda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston ta’lim vazirlari, yetakchi xorijiy universitetlar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda ekspertlar ishtirok etadi. Jami 1 500 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.
Forum doirasida:
– ta’lim vazirlarining davra suhbati va yalpi majlis;
– xalqaro hamkorlikka bag‘ishlangan parallel sessiyalar;
– “Study in Uzbekistan” ta’lim ko‘rgazmasi tashkil etiladi.
Akademik almashinuv, qo‘shma ta’lim dasturlari, diplomlarni o‘zaro tan olish, ilmiy loyihalar va grantlar, shuningdek, ta’lim sifatini oshirish masalalari forumning asosiy mavzularidan bo‘ladi.
Vaqti: 28-oktabr, 2026-yil
Manzil: Toshkent, “Oʻzbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi
Roʻyxatdan oʻtish: forum.kasbedu.uz
