MY.EDU.UZ PLATFORMASIDA MAGISTRATURAGA HUJJAT TOPSHIRISH YANADA OSON VA QULAY

20.07.2026

Endi my.edu.uz platformasida magistraturaga hujjat topshirish yanada oson va qulay.

MyEdu Agent sun’iy intellekt asosida ishlaydi va hujjat topshirish jarayonini oddiy chat orqali amalga oshirish imkonini beradi.

MyEdu Agent qanday imkoniyatlarga ega?

– Chat orqali magistraturaga hujjat topshirish;
– Arizani tez va oson rasmiylashtirish;
– Hujjat topshirish jarayonida foydalanuvchiga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish.

Tizimdan qanday foydalaniladi?

Magistraturaga hujjat topshirish istagida bo‘lgan talabgorlar my.edu.uz platformasiga kirgan holda raqamli yordamchi orqali ro‘yxatdan o‘tishni sinab ko‘rishlari mumkin.