NAZARIY BILIMLARINI AMALIYOT BILAN UYG‘UNLASHTIRISHGA XIZMAT QILUVCHI «ELMETRO» LABORATORIYASI OCHILDI

25.03.2026

Toshkent davlat texnika universitetida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda “ElMetro” kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan zamonaviy o‘quv va ilmiy laboratoriyaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur laboratoriya nafaqat zamonaviy texnik jihozlar majmuasi, balki talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiluvchi muhim ilmiy platforma hisoblanadi.

Yangi laboratoriya metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Bu yerda ular zamonaviy o‘lchash vositalari, qiyoslash va nazorat jarayonlarini amaliy tarzda o‘rganish imkoniga ega bo‘ladilar.