O‘zDJTUDA FAN OLIMPIADALARIGA START BERILDI

13.05.2019

Bugun, 13-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bilimlar bellashuviga start berildi.

2019 yilning 13 – 14 may kunlari Ingliz tili umumkasbiy fanidan, 15-16 mayda nemis tili umumkasbiy fanidan talabalar Respublika fan olimpiadasining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot o’rnida, mazkur olimpiadada  Qoraqalpog‘iston Respublikasi, respublikamizning barcha viloyatlari va Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalaridan talabalar ishtirok etmoqda.