Bugun, 1-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga koreyalik mutaxassis Youngin Park tashrif buyurdi. O‘zDJTU rahbariyati bilan bo‘lgan uchrashuvda O‘zDJTUda koreys tili darslarining o‘tilishi, o‘quv jarayoni haqida muzokalar bo‘lib o‘tdi.

Tashrif yakunlariga ko‘ra, Koreyalik mutaxassis Youngin Park O‘zDJTUda o‘z faoliyatini boshlaydi. Faoliyati davomida janob Park universitet talabalarga koreys tili va madaniyatidan dars mashg’ulotlari hamda mahalliy o’qituvchilarga seminarlar tashkil etadi.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.