OLIY TA’LIM TIZIMIDA FIDOKORONA MEHNAT QILAYOTGAN SOHA VAKILLARI E’TIROF ETILDI
25.08.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni bilan oliy ta’lim tizimida fidokorona mehnat qilayotgan soha vakillari e’tirof etildi.
“Imom Buxoriy“ ordeni bilan
Abdullayev Abdulhay Boltaboyevich — O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi dotsenti.
“O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi“faxriy unvoni bilan
Normatov Feruzbek Ruzimbayevich — Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti o‘qituvchisi, baxshi.
“Mehnat shuhrati“ ordeni bilan
Asqarov Ibrohim Rahmonovich — Andijon davlat universiteti professori;
Rahmonov Vahob — Guliston davlat universiteti dotsenti;
Saatov Tal’at — O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti laboratoriya mudiri.
“Do‘stlik“ ordeni bilan
Husanova Nigora Qahramonjonovna — O‘zbekiston davlat konservatoriyasi katta o‘qituvchisi.
II darajali “Salomatlik“ ordeni bilan
Janabayev Baxtiyor Bazarbayevich — Toshkent davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘lim mudiri;
Masharipov Kadambay — Urganch davlat tibbiyot instituti dotsenti.
II darajali “Sog‘lom avlod uchun“ ordeni bilan
Teshaboyev To‘lqin Zokirovich — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori;
Qodirov Ramz Turobovich — O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti dotsenti;
Mannopova Oydinxon Sultonaliyevna — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyining ijrochi direktori;
Pirmatova Nodira Yigitaliyevna — Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti kafedra mudiri, xonanda.
“Shuhrat“ medali bilan
Vaisov Mansurbek Egamberganovich — Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti katta o‘qituvchisi;
G‘aybullayev G‘ulom Saydalimovich — Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti fakultet dekani;
Mahmudova Farangiz Nuriddin qizi — Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti o‘qituvchisi, sozanda.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.