OLTOY DAVLAT UNIVERSITETI VAKILLARI BILAN HAMKORLIK YO’NALISHLARI BELGILAB OLINDI

27.03.2026

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga “Katta Oltoy” oltoyshunoslik va turkshunoslik ilmiy-taʼlim markazi direktori Lysenko Yuliya Aleksandrovna boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Uchrashuv doirasida Rossiya Federatsiyasining Oltoy davlat universiteti vakillari bilan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti o‘rtasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, bir qator muhim hamkorlik takliflari ilgari surildi:
1. TDSHU turkologlarini Oltoy davlat universitetiga akademik almashinuv dasturlari asosida yuborish;
2. Talabalar va yosh tadqiqotchilarni yozgi maktablarga jalb etish;
3. Turkologiya yo‘nalishida qo‘shma ilmiy tadqiqot va loyihalarni amalga oshirish;
4. Oltoy Respublikasi hududidagi tarixiy turkiy manzilgohlarni birgalikda o‘rganish;
5. Ilmiy konferensiyalar, seminar va davra suhbatlarini hamkorlikda tashkil etish hamda o‘zaro ishtirokni kengaytirish.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama turkologiya yo‘nalishida hamkorlikni kengaytirish, xususan, Oltoy Respublikasi hududidagi tarixiy turkiy manzilgohlarni o‘rganish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, TDSHU turkologlarini Oltoy davlat universitetiga almashinuv dasturlari va yozgi maktablarga yuborish hamda turkologiyaga oid yo‘nalishlarda qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Delegatsiya vakillari universitet rektori Sergey Nikolayevichning samimiy salomini yetkazib, o‘zbekistonlik talabalarni Oltoyda tahsil olishga jalb etish tashabbusini ilgari surdilar. Uchrashuvda qator yoʻnalishlar boʻyicha aniq kelishuvlarga erishildi.