O‘MON SULTONLIGIDA O‘ZBEK MADANIYATIGA BAG‘ISHLANGAN TADBIR BO‘LIB O‘TDI
12.05.2025O‘mon Sultonligidagi Sultan Qobus instituti huzurida malaka oshirayotgan o‘zbekistonlik professor-o‘qituvchilar hamda grant asosida tahsil olayotgan talabalar ishtirokida “Madaniyatlar kechasi” tashkil etildi. Mazkur tadbir doirasida tashrif buyurgan mehmonlarga o‘zbek milliy taomlari, qadimiy urf-odatlarga xos sahna ko‘rinishlari hamda xalqimizning boy madaniy merosi namoyish etildi.

Ushbu kechada O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetidan yuborilgan grant asosidagi arab tili kurslarida tahsil olayotgan 5 nafar talaba hamda o‘qituvchisi faol ishtirok etdi.


No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.