OSIYO TARAQQIYOT BANKIDAN BEPUL ONLAYN KURSLAR

13.10.2021

Rivojlanish sohasidagi yetakchi Osiyo ekspertlari moliya, iqtisodiyot, ekologiya, demografiya, shaharsozlik mavzularida qisqa bepul onlayn kurslar tashkil qilmoqda.

Kurslar Osiyoda moliya sohasining o’ziga xos xususiyatlarini tushunishni istaganlar uchun mo’ljallangan. Shuningdek, jahon darajasidagi mutaxassislardan turli global jarayonlar haqida o’zlari uchun foydali bo’lgan bilimlarni olish imkoniga ega bo’ladilar.

Onlayn kurs tili — ingliz tili.

Har bir o’tilgan kurs uchun rasmiy sertifikat beriladi.

Kurslar haqida batafsil ma’lumot uchun havola: https://elearning-adbi.org/