OSIYO XALQARO UNIVERSITETIDA OLIY DARAJADAGI DIPLOMATIK UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
03.10.2026Osiyo Xalqaro Universitetiga Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Dr. Mohammad Monirul Islom rasmiy tashrif buyurdi.

Samimiy va mahsuldor ruhda kechgan suhbat davomida tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim aloqalarini mustahkamlash, oliy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda istiqbolli qo‘shma akademik loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.
Ushbu muhim tashrif universitet talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun xalqaro tajriba almashish hamda ilm-fan sohasida yangi ufqni ochish yo‘lidagi navbatdagi ulkan qadam bo‘ldi.
