O‘ZBEK TALABALARI YUQORI NATIJALAR QAYD ETDI

02.04.2026

Turkmanistonning Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tgan VI Ochiq xalqaro matematika olimpiadasi (OMOUS-2026) dunyoning turli mamlakatlaridan 600 nafardan ortiq iqtidorli talabalarni jamladi. Musobaqada 10 ga yaqin davlatdan 87 ta jamoa ishtirok etdi.

O‘zbekiston nomidan 26 ta oliy ta’lim muassasasidan 151 nafar talaba qatnashib, mamlakat sharafini munosib himoya qildi. Shuningdek, 8 nafar professor-o‘qituvchi xalqaro hakamlar hay’atida faol ishtirok etdi.

Natijada o‘zbekistonlik talabalar yakka tartibda 103 ta, jamoaviy bahslarda esa 57 ta medalni qo‘lga kiritib, yuqori natijalarga erishdi.