O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETIDA CAMBRIDGE ASSESSMENT INTERNATIONAL EDUCATION VAKILI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
28.01.2025Uchrashuvda Buyuk Britaniyaning Cambridge Assessment International Education tashkiloti Shimoliy va Markaziy Osiyo bo‘yicha Ta’lim xizmati boshlig‘i janob Steve King hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. O‘zDJTU prorektori A. Nasirov universitetda amalga oshirilayotgan ishlar, o‘quv jarayoni va xalqaro hamkorlik bo‘yicha mehmonlarga batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, oliy ta’lim tizimida, xususan, O‘zDJTUda ingliz tilini o‘qitish jarayonlarini Cambridge tashkiloti ko‘magi bilan takomillashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi.


Yig‘ilishda quyidagi masalalar yuzasidan takliflar ilgari surildi:
• O‘qituvchilar malakasini oshirish;
• Dars jarayonlarini zamonaviy texnologiyalar asosida takomillashtirish;
• O‘quv dasturlarini Cambridge Assessment talablari asosida modernizatsiya qilish;
• Prezident maktablari va ixtisoslashgan maktablar bilan hamkorlikni kuchaytirish;
• Xorijiy tajribalar asosida kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish.
Ma’lumot uchun: Cambridge Assessment International Education maktab o‘quvchilarini hayotga tayyorlash, ularda bilim va o‘rganishga doimiy ishtiyoqni shakllantirishga xizmat qiladi. Bu tashkilot Cambridge universitetining bo‘limi hisoblanadi. O‘zbekistonda ingliz tilini o‘qitish Cambridge darsliklari asosida olib boriladi. Prezident maktablariga qabul Cambridge testlari orqali amalga oshiriladi.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.