O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETIDA HINDISTON MADANIYAT MARKAZI BILAN HAMKORLIKDA BADIIY TADBIR BO‘LIB O‘TDI

30.01.2025

Badiiy tadbirda Hindiston madaniyat markazi direktori Shrinavasan, Hindistonning Oʻzbekistondagi elchixonasi taʼlim masalalari boʻyicha maslahatchisi Kirti Singh Rawat, hindistonlik koʻngilli oʻqituvchi Manish Mishra mehmon sifatida ishtirok etdi.

Universitet rahbariyati vakillari tomonidan kutib olingan mehmonlar ishtirokida boʻlib oʻtgan badiiy tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi. OʻzDJTU rektori oʻz nutqida universitet va Hindiston madaniyat markazi oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarining rivoji hamda talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr bildirdi.

Shundan soʻng, Hindiston madaniyat markazi direktori  Shrinavasan janoblari  soʻzga chiqib, madaniy va ilmiy almashinuv hamda ikki davlat oʻrtasidagi til va sanʼat yoʻnalishidagi hamkorlikning ahamiyati haqida gapirdi.

Badiiy qismda hind milliy raqslari, hind tilida sheʼrlar hamda Hindiston bilan bogʻliq tezkor savol-javoblar namoyish etildi. Shuningdek, hindcha va oʻzbekcha raqslar ijro etilib, tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Tadbir davomida insholar tanlovi gʻoliblari taqdirlandi. Shuningdek, mehmonlarga universitet nomidan esdalik sovgʻalari topshirildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five × 1 =